Furqat tumanida xonadondan pullarni oʻgʻirlagan ayol aniqlandi
Furqat tumani. Katta yangi mahalla hududida yashovchi U.F ismli ayol IIBga umrojaat qilib, unda 04 mart kuni nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yashash xonadoni mehmonxonasida boʻlgan 400 AQSh dollari va 1.500.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirilab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni R.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati