13 Aprel 2023 yil 389

Furqat tumanida xonadondan 200 litr dizel yoqilgʼisi va “Gaz-24” avtomashinasining akumlyatorini oʼgʼirlagan shaxslar qoʼlga tushdi

Furqat tumani. Kapa qishlogʼida yashovchi fuqaro S.I IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 31 mart kunidan 01 aprel kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxs yashash xonadoniga gʼayriqonuniy ravishda kirib, yashash xonadoni molxonasida boʼlgan narxi 2.000.000 soʼmlik 200 litr dizelь yoqilgʼisini va yashash xonadoni tashqarisida boʼlgan “Gaz-24” rusumli avtomashinasida boʼlgan narxi 700.000 soʼmlik akumlyatorlarini yashirin ravishda oʼgʼirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.Q va Sh.J.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʼz mol-mulkingiz, pul mablagʼlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech