27 Sentyabr 2021 yil 482

Furqat tumanida xaridor firibgar boʻlib chiqdi

Furqat tumani. 11-iyul kuni fuqaro M.R IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 01-iyul kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, 10.000 dona gʻisht mahsulotlarini sotib olishligi va pullarni plastik karta hisobiga oʻtkazib berishini aytib, plastik karta raqami va parolini olib, ishonchini suiste’mol qilish orqali plastik kartasidan 3.075.000 soʻm pullarni aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni J.X sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech