Furqat tumanida voyaga yetmagan shaxsni aldagan firibgar aniqlandi
Furqat tumani. 2022-yilning 13-noyabr kuni noma’lum shaxs voyaga yetmagan M.N ishonchiga kirib, narxi 5.500.000 soʻmlik “Redmi Note 8” rusumli uyali telefon apparatidan foydalanib olishini aytib, firibgarlik yoʻli bilan telefon apparatini qoʻlga kiritganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.B sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati