9 Fevral 2022 yil 437

Furqat tumanida toʻyxonadan “Samsung A-10S” rusumli telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Furqat tumani. 25-dekabr kuni I.S ismli fuqaro IIBga murojaat qilib, unda shu kuni  noma’lum shaxs Furqat tumanida joylashgan “Nixol” nomli to'yxonadagi ishchilar kiyim almashtirish xonasida qarovsiz qoldirilgan narxi 2 200 000 soʻmlik “Samsung A-10S” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.B sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech