26 Yanvar 2023 yil 413

Furqat tumanida tanishini 3 bosh qoramollarini sotib olib pullarini bermadi

Furqat tumani. 2022-yil 27-dekabr kuni Oʻ.F tanishi X.O.ni yashash xonadoniga kelib pulini bir haftada berishini aytib, 28.472.000 soʻmlik 3 bosh qora mollarini olib, qora mollarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojiga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech