Furqat tumanida oziq-ovqat savdo doʻkonidan 10.000.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs
Furqat tumani. Fuqaro O.M IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 18-may kunidan 19-may kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs, Qizil-qiyoq mahalla hududida markazida joylashgan oziq-ovqat doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib doʻkon kassasida boʻlgan jami 10.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan M.M va A.Z sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati