10 Mart 2023 yil 370

Furqat tumanida oshxonadan pul o'g'irlagan shaxslar aniqlandi

Furqat tumani. X.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 19 fevral kunidan 20 fevral kuniga o'tar kechasi nomaʻlum shaxs Navbahor shaharchasida joylashgan oshxonasiga g'ayriqonuniy ravishda kirib, oshxonada bo'lgan 200 AQSh dollari hamda 375.000 so'm pullarini yashirin ravishda o'g'irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʻlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga etmagan M.I va T.B.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech