4 May 2023 yil 379

Furqat tumanida “ogʻufurush qoʻlga tushdi

Furqat tumani. 2023-yil 01-may kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Shoʻr qishlogʻi hududida yashovchi M.D 460.000 soʻm evaziga bir dona qora rangli tselofan paketga solingan “Gashish” giyohvandlik moddalarini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech