Furqat tumanida “marixuana” saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Furqat tumani. 16-fevral kuni tuman IIB TEQKG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Jangketmon qishlogʻida yashovchi M.O.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida tekshirilganda, yashash uyida joylashgan qurilishi tugallanmagan bino ichidan 1 dona 1 litrli shisha idishga solingan quruq holatdagi “marixuana” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati