20 Mart 2023 yil
365
Furqat tumanida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Furqat tumani. 2023 yil 14 mart kuni Gʻallakor mahalla hududida yashovchi N.N.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, oshxona tokchasida bir dona qog'oz parchasiga o'ralgan “Marixuanna” giyohvandlik moddalarini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati