Furqat tumanida koʻknori yetishtirayotgan shaxs aniqlandi
Furqat tumani.20-aprel kuni tuman IIB TEKQG va JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida, Bekobod qishlogʻida yashovchi M.R.ning yashash xonadoni tomorqasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, koʻkat ekinlari orasidan 55 tup koʻknori oʻsimliklar parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati