18 Aprel 2022 yil 499

Furqat tumanida “koʻknori” giyohvandlik oʻsimligini parvarishlab kelayotgan shaxs fosh boʻldi

Furqat tumani.14-aprel kuni tuman IIB TEQKG va JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, X.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon tomorqasida 6 tup koʻknori parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi. Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech