13 Iyul 2022 yil 406

Furqat tumanida kannabis giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlagan shaxs aniqlandi  

Furqat tumani. 2022-yilning 06-iyul kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, N.D.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasidagi anor koʻchatlari orasida 6 tup “kannabis” giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech