Furqat tumanida fuqaroning choʻntagidan “Marixuana” giyohvandlik moddasi topildi
Furqat tumani. 09-sentabr kuni oʻtkazilgan tadbir davomida Shoyimbek MFY hududida yashovchi S.B.ning yashash xonadoniga mehmonga kelgan Q.A.ni egnidagi kiyimlari koʻzdan kechirilganda, shimining oʻng choʻntagidan
1 dona tselofan paketga oʻralgan “marixuana” giyohvand vositasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati