7 Aprel 2023 yil 363

Furqat tumanida “DAF” yuk avtomashinasidan dizel yoqilgʼisini oʼgʼirlagan 2 nafar shaxs ushlandi

Furqat tumani. N.M IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 10 mart kunidan 11 mart kuniga oʼtar kechasi nomaʼlum shaxs Jangketmon mahalla hududida yoʼlning qatnov qismida qarovsiz qoldirgan “DAF” rusumli yuk avtomashinasi yoqilgʼi bakidan narxi 7.700.000 soʼmlik 700 litr dizel yoqilgʼi mahsulotini yashirin ravishda oʼgʼirlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni А.Sh va M.N.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʼz mol-mulkingiz, pul mablagʼlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech