Furqat tumanida avtomashina salonidan 900 AQSH dollari va 5.200.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Furqat tumani. 7-noyabr kuni Furqat tumani, Furqat koʻchasi yashovchi M.Yo IIBga murojaat qilib, unda 6-noyabr kuni soat 17:30 dan 18:30 ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs Furqat tumani, Qoʻqonboy qishlogʻida qarovsiz qoldirilgan “Lacetti” rusumli avtomashinasi salonidan 900 AQSH dollari va 5.200.000 soʻm miqdoridagi pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Ushba xolat yuzasidan Furqat tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni I.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati