17 Iyun 2022 yil 409

Furqat tumanida 2 nafar talonchilarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Furqat tumani.2022-yilning 13-iyun kuni 1999-y.t. T.R va 2000-y.t. F.R.lari oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh boʻlgani holda Ingichka qishlogʻidan oʻtgan “Furqat-Qoʻqon” yoʻnalishidagi yul qatnov qismi chetida toʻxtab turgan, 1997-y.t. J.D.ni oldiga kelishib, mol-mulkini ochiqdan ochiq talon-toroj qilish maqsadida qoʻrqitishib, yonida boʻlgan 60.000 soʻm pullarini talonchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritishgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech