25 Aprel 2023 yil 364

Furqat tumanida marixuana giyohvandlik moddalarini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Furqat tumani.2023-yilning 15-aprel kuni tuman IIB JQB va TQKG xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Kaldushon qishlogʻida yashovchi R.M.ning yashash xonadoni holislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonning molxonasi ichidan bir dona qora rangli tselofan paketga oʻralgan marixuana giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech