Furqat, Oʻzbekiston hamda Beshariq tumanlarida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash mavzusida yigʻilishlar oʻtkazildi
Avval xabar qilganimizdek, viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi mutasaddi rahbarlari tomonidan tegishli reja asosida shahar-tuman ichki ishlar boshqarma hamda boʻlimlarida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash mavzusida yigʻilishlar oʻtkazilmoqda.
Jumladan, ana shunday yigʻilish Furqat, Oʻzbekiston hamda Beshariq tuman ichki ishlar boʻlimlarida ham tashkil etildi.
Unda viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Akbar Yusupov ishtirok etdi.
Yigʻilishda soha xodimlari oʻrtasida «Xodimbay» usulida tarbiyaviy-profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish, xizmat samaradorligini oshirish, korrupsiya omillarining oldini olish kabi masalalarda soʻz yuritildi.
Yoʻl-transport hodisalarining ayanchli oqibatlarini oʻzida aks ettiruvchi «Nadomat» videofilmi ham namoyish qilindi.
Tadbirlar joylarda davom etmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.