16 Dekabr 2021 yil 540

Furqat tumanida «marixuana» saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

 

Furqat tumani. 10-dekabr kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Shunqor MFY hududida Yu.Sh.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, yotoqxonasida “marixuana” giyohvanlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech