19 Fevral 2022 yil 536

Furqat tumanida xonadondan 21 million soʻmlikdan ziyod maishiy texnikalarni oʻgʻirlagan shaxslar qoʻlga olindi

Furqat tumani. E.M ismli ayol IIB ga murojaat qilib, noma’lum shaxs uning yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, oshxonasida boʻlgan 20 000 000 soʻmlik muzlatgich, 300 000 soʻmlik bir dona tefal, 4 000 000 soʻmlik televizir va 700 000 soʻmlik xar biri 4 metrlik uch dona metal quvirlarini yashirin ravishda talon-toroj qilib xodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni U.S va R.M (ayol) sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech