3 Yanvar 2022 yil 1005

Furqat tumani IIBda kitobxonlikka bag`ishlangan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar boʻlib oʻtdi

Fargʻona viloyatining Furqat tumanida IIB rahbariyati “Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish” konsepsiyasi talablaridan kelib chiqib, soha xodimlarining ma’naviy-siyosiy bilimlarini boyitish, ular oʻrtasida kitobxonlik, gazetxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida turli tadbirlar tashkil etmoqda.

Jumladan, kuni kecha “Tarbiyaviy profilaktik oylik” doirasida ichki ishlar boʻlimi ma’naviyat va ma’rifat zalida kitob yarmarkasi va kitobxonlik targʻibotiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.

Kitob savdosi bilan shugʻulanuvchi tadbirkorlar soha xodimlari uchun eng sara badiiy adabiyotlar hamda ilmiy, siyosiy, huquqiy mavzusidagi kitoblarni maqbul narxlarda taqdim etishdi. Yarmarkada Ichki ishlar vazirligi tomonidan soha xodimlariga oʻqish uchun tavsiya qilingan 39 nomdagi kitoblarni sotib olishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, kutubxonashunos mutaxassislar ishtirokida targʻibot tadbiri tashkil qilinib, inson ma’naviy kamolotini yuksaltirishda kitoblarning oʻrni va ahamiyati haqida soʻz yuritildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech