14 Aprel 2022 yil 622

Fuqaroning yonidan gashish giyohvand moddasi topildi

Qoʻqon shahri. 8-aprel kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Movoraunnaxr koʻchasida fuqaro X.Sh.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, kelgusida oʻtkazish maqsadini koʻzlamay, qonunga xilof ravishda gashish giyohvandlik moddasi saqlab kelayotgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuradi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 276-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech