Fuqaroning telefon apparatini gaplashib olishlikni bahona qilib aldab qoʻlga kiritgan ayol aniqlandi
Qoʻqon shahar.Fuqaro M.D IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 03-oktabr kuni noma’lum shaxs Navbahor koʻchasida joylashgan savdo kompleksi hududida narxi 4.000.000 soʻmlik “ROSO M4” rusumli telefon apparatini goʻyoki gaplashib olishlik uchun soʻrab olib, shu orqali ishonchiga kirib, telefon apparatini aldab qoʻlga kiritib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni T.U ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati