11 Noyabr 2022 yil 418

Fuqaroning telefon apparatini aldab qoʻlga kiritgan ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Toshloq tumani.Fuqaro S.M IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 30-sentabr kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, narxi 1.500.000 soʻmlik “Samsung А-30” rusumli telefon apparatidan vaqtincha foydalanib soʻng qaytarib berish uchun olib, firibgarlik yoʻli bilan telefon apparatini qoʻlga kiritib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni R.S sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech