29 Dekabr 2022 yil 376

Fuqaroning telefon apparatini aldab qoʻlga kiritgan qiz aniqlandi

Fargʻona shahar. Fuqaro S.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 01-noyabr kuni noma’lum qiz savdo majmuasida ishonchiga kirib, uning “Samsung A-33” rusumli telefoni apparatidan foydalanish uchun olib, uning chalgʻib qolganligidan foydalanib, telefon apparatini olib ketib yuborganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan Q.S ismli qiz sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech