12 Noyabr 2022 yil 406

Fuqaroning pullari va telefon apparatini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxs qamoqqa olindi

Fargʻona shahar.Fuqaro A.Yu IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 30-avgust kuni noma’lum shaxs shahar markazida joylashgan dehqon bozori oldida oʻzbek pulini AQSH dollariga ayriboshlab berishini aytib, ishonchiga kirib 5.100.000 soʻm pullari va 1-dona narxi 500 AQSH dollarlik “Ayfon-11” rusumli telefon apparatini olib, firibgarlik yoʻli bilan olib ketib yuborganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.O sodir etganligi aniqlanib, sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech