Fuqaroning plastik kartasidagi pullarini naqdlashtirib berishini aytib, aldagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Rishton tumani. Fuqaro M.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 11-noyabr kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib bank kartasidan pullarini naqdlashtirishini aytib, oʻziga tegishli boʻlgan bank plastik kartasiga 1.600.000 soʻm pul mablagʻlarini oʻtkazib olib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati