9 Sentyabr 2022 yil
565
Fuqaroni oʻyinda gʻolib boʻlganligiga ishontirib aldab plastik kartasidan pul yechib olgan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar.Fuqaro O.I IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 07-aprel kuni noma’lum shaxs telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali ishonchiga kirib, “Lazzet” oʻyinidan 600.000 soʻm pul yutub oldingiz deb, aldov yoʻli bilan plastik kartasini xos raqamini olib, tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasida boʻlgan jami 500.000 soʻm pulini firibgarlik yoʻli bilan yechib olganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.Sh sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati