20 Aprel 2022 yil 515

Fuqaroni aldab, noturar joyi va pul mablagʻini qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona shahri. 2021-yilning 18-noyabr kuni fuqaro M.E IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs uning ishonchiga kirib, unga tegishli boʻlgan 15.000 AQSH dollarlik noturar joyni oʻz nomiga rasmiylashtirib, ishonchini suiste’mol qilish orqali vaqtincha foydalanib, soʻng qaytarib berish sharti bilan 3.000 AQSH dollar mablagʻini olib, aldov yoʻli bilan pullar va noturar joyni qoʻlga kiritganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Oʻ.S sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan "qamoqqa olish" tarzida ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech