Folbinga chuv tushgan fuqaro
Beshariq tumani. M.N. ismli ayol IIB ga murojaat qilib, unda noma’lum shaxs uning yashash xonadonidaga kelib, unga tez kunda nabirali boʻlishini aytib, folbinlik amallarini qilib, ishonchiga kirib, uning umumiy narxi 4.500.000 soʻmlik tillo taqinchoqlari va 50.000 soʻm pulini olib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Beshariq tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida yashovchi S.Ch. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati