24 Aprel 2023 yil
377
Firibgarlikda gumonlanib tergovdan yashiringan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona viloyati IIB TQX Kiberxavfsizlik boʻlimi va Furqat tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Furqat tumani IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan Q.M.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati