20 Fevral 2023 yil
                            
                                780                            
                    Firibgarlikda gumonlanib tergovdan yashiringan shaxslar qoʻlga tushdi
Qoʻshtepa tumani IIB Huquqbuzarlik profilaktikasi boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv eʼlon qilingan T.Gʻ.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JQB va Margʻilon shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan A.U.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati