4 Iyun 2022 yil 238

Firibgarlik va oʻgʻirlik jinoyatini sodir etishda gumonlanib qidiruvda yurgan shaxslar qoʻlga olindi

25-may kuni IIV SHXBB Fargʻona viloyati boshqarmasi va Rishton tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan P.A.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Furqat tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan J.B.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech