13 Aprel 2022 yil 369

Firibgarlik jinoyatini sodir etishda gumonlanib qidiruvda yurgan shaxslar qoʻlga olindi

12-aprel kuni Qoʻqon shahar IIB JQB xodimlari xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Q.R.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JQB va Yozyovon tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Yozyovon tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan O.R.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech