6 Fevral 2023 yil
399
Firibgarlik jinoyatini sodir etib, tergovdan yashiringan shaxslar qoʻlga tushdi
Fargʻona viloyati IIB tezkor qidiruv xizmati xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan M.S.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Qoʻqon shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan A.Gʻ.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati