19 Noyabr 2022 yil
394
Firibgarlik jinoyatini sodir etib qidiruvda yurgan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona viloyati IIB PPXvaJTSB 2-Mintaqaviy hudud 2-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB xodimlari qidiruv e’lon qilingan X.M.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati