Firibgarlik: 100 AQSH dollariga ikki bosh qoramol
Quva tumani. U.M ismli fuqaro IIB ga murojaat qilib, unda 2021-yilning 22-avgust kuni I.O ismli shaxs uning ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan ikki bosh qora mollarini 9 400 000 soʻmga sotib olishga kelishib, oldindan 100 AQSH dollarini berib, qolgan 8 334 000 soʻm pullarini uch kun muddatda berishini aytib, mollarni olib ketib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan mollarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pulini oʻz ehtiyoji uchun sarflab yuborganligi bildirgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumonlangan I.O ismli shaxs aniqlanib, xozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Hurmatli fuqarolar har qanday oldi-berdi munosabatlarini notarial tartibda rasmiylashtirishni unutmang. Aks holda firibgarlar tuzogʻiga ilinib qolasiz.
Eslatib oʻtamiz yuqoridagi kabi jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati