31 Mart 2020 yil 638

Firibgar uzoqqa bora olmadi

Fargʼona tumani. Tuman IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida Oʼzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi(firibgarlik)da koʼrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringanligi sababli Fargʼona tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan qidiruv eʼlon qilingan Аbrorjon А. Vodil qishlogʼida qoʼlga olingan.

Fargʼona viloyat ichki ishlar boshqarmasi fuqarolardan qidiruvda boʼlgan shaxslar haqida maʼlumotga ega boʼlgan taqdirda yaqin oradagi ichki ishlar organlariga xabar berishlarini soʼrab qoladi. 

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech