1 Iyul 2022 yil 520

FIDOYI YOSHLAR MUNOSIB RAGʻBATLANTIRILDI

Fargʻona viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan viloyat ichki boshqarmasi rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

Oʻz xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishda yuksak kasb mahorati va fidoyilik namunasini koʻrsatgan xodimlarga pul mukofotlari topshirildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech