11 May 2022 yil 367

Farg'ona viloyatida 2 nafar qidiruvdagi shaxs qo'lga olindi

10 may kuni Farg'ona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, Farg'ona shahar IIO FMB tomonidan qidiruv e'lon qilingan M.J.ni qo'lga olishdi.

Shuningdek, Farg'ona viloyati IIB PPX va JTSB 2-Mintaqaviy hudud 2-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismida (O'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-toroj qilish) ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e'lon qilingan X.M.ni qo'lga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma'lumotga ega bo'lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo'limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta'minlanadi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech