"Farzandlar tarbiyasi ota-onalarning Konstitutsiyaviy burchi" shiori ostida tadbir tashkil etildi
«Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» da yoshlar tarbiyasiga yanada koʻproq e’tibor qaratiladi. Ularning ma’naviy-ruhiy dunyosini boyitish, zararli illatlardan himoya qilish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida viloyat IIB, Prokuratura, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, viloyat hokimligi huzuridagi bolalar ishlari boʻyicha komissiyasi, imom-xatiblar va jamoat xavfsizligiga mas’ul hamkor tashkilotlar ishtirokida ma’naviy-tarbiyaviy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda IIO nazoratida turgan 250 nafar voyaga yetmaganlar hamda ularning ota-onalari, shuningdek fuqarolik ishlarida nizolashgan aliment, ajrim bilan bogʻliq muammosi mavjud 80 ta oilalar ishtirok etishdi. Soʻzga chiqqanlar tomonidan tarbiyaviy ahamiyatga molik tushuntirishlar berildi.
Tuzalish yoʻliga oʻtgan, oʻrtoqlariga oʻrnak boʻla boshlagan voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalariga tashakkurnoma va estalik sovgʻalari topshirildi.
Fargʻona viloyati IIb Axborot xizmati