6 Oktyabr 2022 yil
409
Farzandini Janubiy Koreya davlatiga joʻnatmoqchi boʻlgan ota 7.550 AQSH dollar pullariga aldandi
Fargʻona tumani.2022-yilning fevral oyidan mart oyida qadar boʻlgan vaqt oraligʻida mahalladoshi Sh.I.ni ishonchiga kirib, farzandini Janubiy Koreya davlatiga ishga joʻnatishini va’da qilib, undan 7.550 AQSH dollarini olib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati