30 Dekabr 2021 yil 317

Fargʻona viloyatida qidiruvdagi 2 nafar erkak va bir nafar ayol qoʻlga olindi

30.12.2021-yil kuni Fargʻona shahar IIO FMB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismida (odam savdosi) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan R.D ismli ayolni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Qoʻqon shahar IIO FMB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismida (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan O.I.ni qoʻlga olishdi.

Bundan tashqari, Oltiariq tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismida (bosqinchilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan M.X.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech