Fargʻona shahrida yonida “marixuana ” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar. 2023-yil 19-may kuni Fargʻona viloyati IIB PPX otryadi 3-guruh xodimlari Yangi asr koʻchasida xizmat olib borishayotgan vaqtlarida, ushbu koʻchadagi koʻp qavatli uy oldida shubxali tarzda yurgan K.Z.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uni yonida “marixuana” giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati