21 Avgust 2021 yil 2086

Fargʻona viloyati ichki ishlar organlari xodimlari umumxalq xasharida faol qatnashmoqda

Bugun Davlatimiz rahbari farmoni bilan mamlakatimiz boʻylab “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida oʻtkazilayotgan umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari Fargʻonada ham uyushqoqlikda davom etmoqda.

Jumladan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, uning tarkibidagi boshqarma va boʻlimlarda hashar katta koʻtarinkilikda olib borilyapti. Shaxodatlangan va erkin yollangan xodimlar qadriyatlarimizning bir boʻlagi hisoblangan hasharda faol ishtirok etib, oʻzlari ishlaydigan bino-inshootlarda, hududlarda obodonlashtirish ishlarini olib borishmoqda.

Jumladan, bugun ertalabdan viloyat ichki ishlar boshqarmasi hovlisi va hududida xashar qizgʻin tus oldi.

Xodimlar hududdagi daraxtlarni oqlab, shakl berishdi, bogʻ va hiyonbonlar begona oʻt hamda xazonlardan tozalandi, ariqlar kovlanib, boʻsh yerlarga ishlov berildi. Boshqarma hovlisida tashkil etilgan xotira maydonida ham tozalash ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, viloyat IIB tibbiyot boʻlimi va poliklinikasida, Fargʻona shahar IIO FMB hamda Probatsiya boshqarmasi binolari va hovlisida ham keng koʻlamli obodonlashitirish ishlari yoʻlga qoʻyilib, atrof orasta koʻrinishga keltirildi. Unda barcha xodimlar ahil va hamjihat holda faol ishtirk etishdi.

Karantin qoidalari va sanitariya-epidemiologiya talablari asosida tashkil etilgan obodonlashtirish hashari shahar-tuman ichki ishlar boʻlimi binolarida ham davom etmoqda.

 

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech