29 Fevral 2020 yil 1154

Fargʼonada IIB YHXB tomonidan 2 ta “Tracker” , 2 ta “Lacetti” rusumli patrul avtomashinalarga internet tarqatuvchi qurilma va belgilar oʼrnatildi. Endilikda har qanday fuqaro ulardan bepul foydalanishi mumkin.

Respublikamizda ilk bor Fargʼonada joriy qilingan bu yangilik, yoshlar oʼrtasida kitobxonlikni rivojlantirish, ularning elektron axborotlarga boʼlgan extiyojini qondirishga qaratilgan.
“Patrul ziyo maskani” deya nom berilgan loyixadan samarali foydalanish uchun, fuqarolar patrul avtomashinalari yonida oʼz telefonidan WIFI tizimini yoqadi va undagi “Patrul ziyo maskani” tarmogʼiga ulanadi. Аvtomashina sirtidagi maxsus QR-kodi orqali “ZiyoNet” taʼlim portalining kutubxona bazasiga toʼgʼridan toʼgʼri ulanadi.
Bundan tashqari “uz” dominidagi “TAS-IX” tizimidagi boshqa saytlardan ham foydalanishi mumkin.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech