8 Fevral 2020 yil 702

Fargʼonada 3-sektor kesimidagi sayyor qabulda Toshloq tumani aholisining murojaatlari tinglandi va hal etildi.

Sektor rahbari viloyat IIB boshligʼi polkovnik Doniyor Tashxodjaevning 2020 yil 7 fevral kuni  Toshloq tumani  Qanjirgʼa MFY oʼtkazgan navbatdagi sayyor qabulida jami 19 nafar fuqarolar turli masalalar boʼyicha murojaatlar qilishdi. Ularning 2 nafariga nogironlik aravachasi, 4 tasiga gaz ballon berildi. Shuningdek, elektr energiyasi taʼminoti, toza ichimlik suvi keltirish, imtiyozli kredit olish, tibbiy-ijtimoiy yordam,  ishga joylashish, xususiy davlat sherikchilik asosida uy bogʼcha ochish va gaz ballon olish masalasida murojaatlar  kelib tushdi.

         Murojaatlarning aksari shu joyning oʼzida hal etildi. Qoʼshimcha vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi, hamda viloyat IIB tomonidan alohida nazoratga olindi.

                         

                                                     Viloyat IIB Аxborot xizmati

Text to speech