Farg‘ona shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi
Yig‘ilishda shaharda umumiy jinoyatchilik holati, joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklarni keltirib chiqargan sabablar va shart-sharoitlar aniq tahlillar asosida asosiy eʼtiborni ijtimoiy profilaktikaga qaragan xolda tanqidiy muhokama qilindi.
Yig‘ilishda shahar prokurori tomonidan o‘tgan davrda shahar hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xavfsizlikni taʼminlash va jamoat tartibini saqlash borasida ichki ishlar organlari tomonidan qator ijobiy ishlar amalga oshirilgani, shu bilan birga, ayrim kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilgani taʼkidlanib, ijtimoiy profilaktikaning ahvoli tanqidiy muhokama qilindi.
Mutasaddilar va ichki ishlar xodimlarining kun tartibidagi masala yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirish yuzasidan takliflari tinglanib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.